«jch-2026 saralash» tegli maqolalar


“90 daqiqa bir xil o‘ynaydigan jamoalarni topish qiyin” — Srechko Katanets
20 noyabr 2024, 10:58

“90 daqiqa bir xil o‘ynaydigan jamoalarni topish qiyin” — Srechko Katanets

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets KXDRga qarshi o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida jamoa faqat bir taym yaxshi o‘ynayotgani haqidagi savolga javob berdi. “90 daqiqa bir xil o‘ynaydigan jamoalarni topish qiyin bo‘lsa kerak”, — dedi u. Shuningdek, murabbiy maydon sifatini tanqid qildi.

Qatar — O‘zbekiston uchrashuvi prevyusi
14 noyabr 2024, 14:30

Qatar — O‘zbekiston uchrashuvi prevyusi

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasida Qatarga qarshi safarda o‘ynaydi. Terma jamoa yordamchi murabbiyi yutqazmaslikni yaxshi natija deb hisoblash mumkinligini aytdi. Qatar bosh murabbiyi esa o‘z futbolchilaridan “200 foiz kuch berib, O‘zbekistonga o‘z uslubini o‘tkazishni” so‘radi.

JCH-2026 saralashi: O‘zbekiston Eron bilan durang o‘ynadi
10 oktabr 2024, 21:38

JCH-2026 saralashi: O‘zbekiston Eron bilan durang o‘ynadi

O‘zbekistonlik futbolchilar JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichida Eronni mag‘lub eta olmadi. Eronliklar ikkinchi bo‘limda o‘n kishi bo‘lib o‘ynadi, ammo uchrashuv durang bilan yakunlandi.

JCH-2026 saralashi: O‘zbekiston Eron va BAAga qarshi o‘yinlar uchun tarkibini e’lon qildi
1 oktabr 2024, 13:47 2

JCH-2026 saralashi: O‘zbekiston Eron va BAAga qarshi o‘yinlar uchun tarkibini e’lon qildi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi Eron va BAAga qarshi o‘yinlar uchun qaydnomasini e’lon qildi.

“O‘zbekiston futbol bo‘yicha jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga to‘liq ishonaman” — Srechko Katanets
27 iyun 2024, 14:20

“O‘zbekiston futbol bo‘yicha jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga to‘liq ishonaman” — Srechko Katanets

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets JCH-2026 uchinchi saralash bosqichiga qur’a tashlash natijalari haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha o‘yinlar qiyin bo‘ladi, ammo u terma jamoaning jahon chempionatiga chiqishiga ishonch bildirmoqda.

O‘zbekistonga JCH-2026 saralashining 3-bosqichida kimlar raqib bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
27 iyun 2024, 12:47

O‘zbekistonga JCH-2026 saralashining 3-bosqichida kimlar raqib bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

OFK mintaqasi bo‘yicha JCH-2026 saralashining 3-bosqichiga qur’a tashlandi. Unda O‘zbekiston “A” guruhidan joy oldi va Eron, Qatar, BAA, Qirg‘iziston, KXDR terma jamoalari bilan Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun bellashadi.

JCH-2026 saralash: O‘zbekistonlik futbolchilar Eron bilan yana durang o‘ynadi
11 iyun 2024, 23:54

JCH-2026 saralash: O‘zbekistonlik futbolchilar Eron bilan yana durang o‘ynadi

JCH-2026 saralash o‘yinlari ikkinchi bosqichining so‘nggi uchrashuvida o‘zbekistonlik futbolchilar Eron bilan durang o‘ynadi — 0:0. Shu tariqa milliy terma jamoa guruhda Erondan keyingi 2-o‘rinni egallab, saralashning 3-bosqichiga yo‘l oldi (foto, video, statistika).

JCH-2026 saralash: O‘zbekiston Turkmanistonni yana mag‘lub etdi (video)
7 iyun 2024, 09:52

JCH-2026 saralash: O‘zbekiston Turkmanistonni yana mag‘lub etdi (video)

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari JCH-2026 saralash turnirining beshinchi turida Turkmaniston terma jamoasini mag‘lub etdi (video, foto, statistika).

JCh-2026 saralashi: O‘zbekiston yana Gonkongni mag‘lub etdi (video)
26 mart 2024, 22:05

JCh-2026 saralashi: O‘zbekiston yana Gonkongni mag‘lub etdi (video)

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari JCh-2026 ikkinchi saralash bosqichi javob uchrashuvida Gonkong terma jamoasini mag‘lub etdi. Shu tariqa O‘zbekiston turnirning uchinchi saralash bosqichiga yo‘l oldi (video, foto).

“O‘zbekiston futbolchilari Eronga qarshi o‘yinda o‘z xarakterini ko‘rsatdi” — Srechko Katanets
22 noyabr 2023, 13:06

“O‘zbekiston futbolchilari Eronga qarshi o‘yinda o‘z xarakterini ko‘rsatdi” — Srechko Katanets

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanetsning fikricha, uning futbolchilari xarakter ko‘rsatib, Eron bilan durang o‘ynadi. Shuningdek, birinchi bo‘limdagi kamchiliklar, Eronning provokatsiyalari, xorij klublarida to‘p surayotgan futbolchilar haqida fikr bildirdi.

JCH-2026 saralashi: O‘zbekistonlik futbolchilar Eron bilan durang o‘ynadi (+ video)
22 noyabr 2023, 11:18

JCH-2026 saralashi: O‘zbekistonlik futbolchilar Eron bilan durang o‘ynadi (+ video)

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionatiga saralash o‘yinida Eron bilan durang o‘ynadi. Terma jamoa 0:2 hisobida mag‘lub bo‘la turib, ikkinchi bo‘limda Oston O‘runov va Igor Sergeyevning gollari evaziga hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi (video, foto).

“Bu men va O‘zbekiston futbolchilari uchun sinov”. Srechko Katanets — Eronga qarshi o‘yin haqida
21 noyabr 2023, 10:47

“Bu men va O‘zbekiston futbolchilari uchun sinov”. Srechko Katanets — Eronga qarshi o‘yin haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets Eronga qarshi bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati saralash o‘yini o‘zi va futbolchilar uchun sinov bo‘lishini ta’kidladi. “Futbolchilarni ruhlantirishim shartmas, ular g‘alaba uchun hamma narsani qiladi”, — dedi u.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting